Dinimiz musulmon insonning har bir so‘zini ahamiyatli deb biladi. Kundalik hayot va o‘zaro muomalalardan tortib, hatto Robbi bilan bo‘lgan ahdlashuvlarni ham tartibga solib bergan Islom insonlarga oson qilingan dindir. Qasam va nazr ahd hisoblanadi. Alloh taolo qasam va ahdga vafo qilish muhim ish ekani bois Qur’oni karimda bir necha oyatlarni nozil qilgan.Read More
Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Menga juma kuni va juma kechasi salovat aytishni ko‘paytiringlar. Kim menga bir salovat aytsa, Alloh unga o‘nta salovat aytadi, deganlar”. (Imom Bayhaqiy rivoyati) Nabiy ssllallohu alayhi vasallamga salovat aytish Qur’on orqali ham, hadislar bilan ham buyurilgan amaldir. Nabiy ssllallohu alayhi vasallamga Alloh taolo, farishtalar va...Read More
Ishorai sabboba namozda tashahhud duosining “Laa ilaaha illalloh” kalimasini aytish chog‘ida o‘ng qo‘l ko‘rsatkich barmog‘ini yuqoriga ko‘tarishga aytiladi. Arab tilida ko‘rsatkich barmoq “sabboba” deyilgani uchun ushbu amal shunday nomlangan. Mazkur kalima nafiy, ya’ni inkor va isbotni o‘z ichiga olgani kabi, barmoq ishorasi ham shu ma’nolarni ifodalashi lozim.Read More
Ibn Sa’d Tilmisoniy o‘zlarining "Mafoxiru ahli mufaxxor" kitoblarida bunday deydilar: "Agar Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salovat aytishni tark qiluvchi, Ramazon haqini va ota-onaga yaxshilik qilishni tark qiluvchi insonlarni uqubat borasida birlashtirib turgan ma’no nima?", deyilsa, javob quyidagicha bo‘ladi: uqubatning bir xil ekanligi gunoh mohiyatining bir ekanligidan kelib chiqadi. Chunki yuqorida zikr qilingan uch holatda ham...Read More
Til bu inson o‘zining ongi va qalbidagi ma’nolarni o‘zgalarga yetkazishda foydalanadigan eng qulay vositadir. Misol uchun kimdir sizdan biror narsani berib turishingizni so‘radi, iltimos qildi va siz u insonga so‘ragan narsasini, hatto ortig‘i bilan berishga tayyorsiz deylik. Endi siz ichingizdagi shu ma’noni so‘rovchiga yetkazishingiz uchun bir qancha so‘zlar, jumlalar va uslublardan foydalanishingiz kerak bo‘ladi.Read More